Yaponiya hukumati iste’foga chiqdi
Olam
−
13 Sentabr 2023
5912Yaponiya hukumati butunlay iste’foga chiqdi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakat Bosh vaziri Fumio Kisida Liberal-demokratik partiyaning hukmron koalitsiyadagi sherigi – Komeyto partiyasi rahbari Natsuo Yamaguti bilan Vazirlar mahkamasini shakllantirish masalasini muhokama qiladi.
Shundan so‘ng, yangi hukumat tuziladi, uning tarkibi Yaponiya imperatori Naruxito tomonidan maxsus marosimda tasdiqlanadi.
Yangi Vazirlar mahkamasida 19 vazirdan 13 nafari almashtiriladi, ulardan 11 nafari birinchi marta o‘z lavozimini egallaydi.
Tayinlanganlarning besh nafari ayollar bo‘ladi, bu Sindzo Abening ikkinchi hukumatiga teng bo‘lgan maksimal raqam.
O‘tgan yili Kisida Yaponiya hukumatining yangi tarkibini e’lon qilgan edi. Bosh vazirning Vazirlar Mahkamasini yangilash istagi 2021 yilning kuzida xabar qilingan edi.
LiveBarchasi