Yana Xitoy! Yangiyo‘lda Xitoy kompaniyasi 120 mln dollarlik zavod qurmoqchi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati hokimligi va “Beijing China sciences runyu environmental technology co ltd” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga muvofiq Yangiyo‘l shahrida qiymati 120 million AQSH dollari bo‘lgan chiqindini qayta ishlash zavodi qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, mazkur loyiha ishga tushsa, kuniga 800 tonna chiqindi yoqish orqali ishlaydigan elektr stansiyasi aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.  Mazkur loyihani kelgusida yanada kengaytirib, kunlik quvvatini 4 ming tonna chiqindini zararsiz yoqish, elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda. Yaratilayotgan ish o‘rni 150 nafardan ortiq. Stansiya to‘liq quvvat bilan ishga tushganida, sarmoyaviy miqdori 400 million AQSH dollariga yetishi kutilmoqda.

Qayd etish joiz, ayni paytda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida bo‘lib turibdi. Bu yerda savdo va investitsiyaviy hamkorlikni kuchaytirish borasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ma’lum qilinishicha, hozirda birgina Toshkent viloyatida 700 dan ortiq Xitoy kapitali ishtirokidagi qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda, ularda o‘n minglab vatandoshimiz mehnat qilmoqda.    

O‘zbekiston Respublikasining XXRdagi elchixonasida Zoyir Mirzayev Shandun provinsiyasi tadbirkorlari bilan muloqot qildi. Muzokaralarda sanoat, qurilish, maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari xususida so‘z bordi. Shuningdek, aholi dam olish maskanlari, xiyobon va istirohat bog‘larini qayta tiklanuvchi energiyaga o‘tkazish, "Xitoy tajribasi" asosida qayta jihozlash borasida tomonlar fikr almashdi. 

Muzokaralarda Shandun provinsiyasi ilmiy-ommabop tadqiqotlar assotsiatsiyasining bosh kotibi Su Chjitszyun, “Sky Success International Investment Co.” va “Sky Asia International Investment Limited” kompaniyasi direktori Sun Xayfen, “Zhongru Ke Xinda Construction Group Co.” qurilish kompaniyasi bosh direktori Gao Szyunxay singari 10 dan ortiq taniqli tadbirkor ham ishtirok etdi.  

Sardor Umurzoqov uzoq tanaffusdan keyin ilk bor O‘zbekiston nomidan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi north_east

Sardor Umurzoqov uzoq tanaffusdan keyin ilk bor O‘zbekiston nomidan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston vakillari kecha, 2 martda kunning ikkinchi yarmida Anxoy provinsiyasi Xefey shahriga jo‘nab ketishdi. U yerda ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishuv, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi 31 ta kon xitoyliklarga sotilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM ma’lumot berib, fevral oyida O‘zbekistonda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun 31 ta yer qa’ri uchastkalari “E-auksion” savdo platformasi orqali 25,1 milliard so‘mga sotilganini, elektron savdolarda O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik maqomga ega 12 ta MCHJ g‘olib deb topilgani, ularning ayrimlari to‘liq O‘zbekiston fuqarolariga tegishli, ayrim MCHJ ta’sischilarining o‘rtacha 70 foizi O‘zbekiston fuqarolari, faqat xorijiy davlat, jumladan Xitoy fuqarolariga to‘liq tegishli bo‘lgan birorta ham MCHJ bunda g‘olib chiqmaganini e’lon qilgandi.

Tashkilot bunga isbot sifatida g‘olib deb topilgan tadbirkorlik sub’ektlaridan “Xinlong Mining Drilling” MCHJ asosiy ta’sischisi (70 foiz) hamda “Zhonghuitong Mining” MCHJ asosiy ta’sischisi (97,6 foiz) O‘zbekiston fuqarolari hisoblanishini misol qilib keltirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Xitoy Yangiyo'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing