Yangiyo‘lda “Kamaz” yonib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yuk avtomobilida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 26 may kuni soat 12:50 larda, Yangiyo‘l tumani, Nurobod MFY hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 830-kilometrida fuqaro S.T. boshqaruvidagi "KamAZ" rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida yuk avtomobili haydovchisi qo‘l qismidan 3 foiz kuyish tan jarohatini olib, shifokorlar tomonidan unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing