Yangiyo‘lda erkak o‘zi boqqan itlarni so‘yib yedi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yashovchi fuqaro o‘z itini avval boqib, parvarishlab, so‘ng so‘yib yeb yubordi. Bu haqda “Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati xabar berdi. 

Jamiyatning ma’lum qilishicha, yangiyo‘llik fuqaro tashkilot Call -markaziga murojaat qilib, tanishidan it egasi hayvonni o‘ldirib, go‘sht uchun so‘yayotgani aks etgan videolarni olganini aytgan. 

Shundan so‘ng, “Mehr va oqibat” Ichki ishlar boshqarmasiga rasmiy murojaat bilan chiqib, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik qilgan shaxsni aniqlash va uni qonun doirasida jazolashni so‘ragan. 

Mazkur holat yuzasidan “Ekolog” jamoat birlashmasi tomonidan tezkor o‘rganish ishlari olib borilgan. Tashkilot direktori Nargis Qosimovaning ma’lum qilishicha, surishtiruvlar natijasida ushbu shaxs 29 yoshda ekanligi va Yangiyo‘l shahrida istiqomat qilishi aniqlangan. 

“Ekolog” jamoat birlashmasiga ko‘ra, fuqaro bunday harakatlarni doimiy ravishda amalga oshirib kelgan. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi uchun tegishli tartibda ariza tayyorlanmoqda.

Xabarda aytilishicha, ushbu shaxs o‘z uyida muntazam ravishda itlarni, xususan, o‘zining itlarini ham, shafqatsizlarcha o‘ldirib,  ularning go‘shtini iste’mol qilib kelgan. Bundan tashqari, u bu itlardan tug‘ilgan kuchukchalarni ham so‘ygan.

“Voqea joyiga ko‘ngillilar va hayvonlarni himoya qiluvchilar mahalla nozirlari yetib kelganida, uyda uning onasi va singlisi ham bo‘lgan. Ona oxirigacha farzandining bunday ishni qilishi mumkinligiga ishonishni istamagan. Hatto unga videoyozuvlar ko‘rsatilgandan keyin ham inkor davom etgan”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2025 yilda Oltiariq va Buvayda tumanlaridagi qum barxanlarida fuqarolar tomonidan tipratikan hamda ilon noqonuniy saqlanib, sho‘rva tayyorlab sotilayotgani ham aniqlangan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

Yangiyo'l itlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing