Yangiyo‘lda 3 kishi is gazidan vafot etdi. Samarqandda ona va bolalari zaharlandi

3-sahifa

image

Joriy yilning 15 dekabr kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi xonadonlardan birida uch kishi is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, soat 11:30 larda “Yangiyo‘l” mahallasida yashovchi Sh.Sarimsakov (1952 y.t.), I.Sarimsakov (1959 y.t.) va M.Pirmatovlar (1957 y.t.) xonadoning mehmonxonasiga o‘rnatilgan, qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechidan is gazidan zaharlanib, vafot etishgan.

Shu kuni soat 9:40 larda Samarqand tumanidagi “Qo‘shtamg‘ali” mahallasida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan Z.Sultonova va uning uch nafar 14, 11 va 3 yoshli farzandlari yashash xonadonida is gazidan zaharlanishib, shifoxonaga murojaat qilishgan.

Har ikki holat yuzasidan ham tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

is gazi

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing