Yangiyo‘l tumanida metalkonstruksiya zavodi ishga tushiriladi
Texnologiya
−
07 noyabr 2019
4911Huquqiy-normativ hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida metallni qayta ishlash zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasida birinchi atom elektr stansiyasi qurilishini o‘z vaqtida amalga oshirish, halqaro standartlar asosida metalkonstruksiya ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, hamda Toshkent viloyatidagi sanoat zonalarida ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” assotsiatsiyasi va Toshkent viloyati hokimligining “Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida metalkonstruksiya zavodi qurilishi” loyihasini (bundan keyingi o‘rinlarda –loyiha deb ataladi) amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
Quyidagilar loyiha doirasida:
ta’sischisi “Enter Engineering Pte Ltd.” (Singapur) kompaniyasi (bundan keyingi o‘rinlarda – investor deb ataladi) bo‘lgan “Steel Structure & Solutions” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxona tashkil etilganligi (bundan keyingi o‘rinlarda – “Steel Structure & Solutions” MCHJ deb ataladi);
zavodning qurilishi energiya tejaydigan uskunalardan foydalanish asosida bug‘ gazlaridan chiquvchi ortiqcha issiqlik va chiqindi gazlarni qaytarib olish texnologiyasini joriy qilgan holda investor mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
belgilangan tartibda bir oy muddatda investor bilan huquq va majburiyatlarni, investitsiyalar hajmini, yaratilayotgan ish o‘rinlarining rejalashtirilgan sonini, investorga beriladigan imtiyoz va preferensiyalarni, shuningdek, boshqa investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni ilovaga muvofiq dastlabki texnik-iqtisodiy parametrlarni hisobga olgan holda investitsiya shartnomasini tuzishni;
investor tomonidan investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilishi ta’minlanadi.
Loyihani amalga oshirish doirasida:
“Steel Structure & Solutions” MCHJ – buyurtmachi;
“Enter Engineering Pte Ltd.” (Singapur) kompaniyasi – loyihani «kalit osti» (Engineering, procurement and construction – YeRS) shartlari asosida amalga oshiruvchi bosh pudratchi tashkilot etib belgilab quyiladi.
Loyiha doirasida 2020 yil 1 iyuligacha bo‘lgan davrda, istisno tariqasida, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni qurilish-montaj ishlari bilan birgalikda bajarishga ruxsat beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi tomonidan 2019 yil 1 dekabrgacha buyurtmachiga qurilayotgan metalkonstruksiya zavodi uchun tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalari uchun maqbul ulanish joylari berilishi ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi ishlab chiqilayotgan ishchi hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazilishini va ob’ektlarda qurilish-montaj ishlari sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Shahnoza To‘ramurotova