Yangiyo‘l tumani hokimiyatiga tegishli bino yonib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida eski tashlandiq binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.  

Kecha, 15 dekabr kuni tunda “Saxovat” mahallasida joylashgan tuman hokimiyati qishloq xo‘jaligi bo‘limiga tegishli eski tashlandiq binoda yong‘in sodir bo‘lgan. 

Yong‘in joyiga tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in o‘chirish bo‘linmalari soat 23:56 da yetib borgan. Yong‘inni o‘chirishga 1 ta vodavoz va 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan.

Yong‘in oqibatida binoning 80 metr kvadrat maydonida tom shifti yonib zararlangan. Fuqarolarda kuyish va tan jarohati olish holatlari bo‘lmagan.

Yong‘inga elektr simlarini eskirib ketgani hamda namlik darajasi yuqori bo‘lgani oqibatida qisqa tutashuv kelib chiqqani sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing