Yangiobod hokimiyati mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
13 avgust 2023
9837Jizzax viloyati Yangiobod tuman hokimligi mansabdori va tadbirkor fuqarodan 200 ming AQSH dollari pora talab qilgani aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Aytilishicha, Jizzax viloyatidagi qurilish firmasi rahbari tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, Yangiobod tumani hokimligida ishlovchi mansabdor tanishi yordamida, yopiq shaklda o‘tkaziladigan tender orqali unga mazkur tuman hududidan 200 gektar yer maydonini shamol elektr stansiyalari qurish uchun olib berish evaziga 200 ming AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 100 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, jinoyatni to‘liq fosh etish maqsadida, qurilish firmasi rahbaridan olingan dastlabki ko‘rsatmalar hamda mavjud dalillarga asoslanib, uning Yangiobod tumani hokimligida mas’ul lavozimda ishlovchi tanishi ham qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sirdaryo tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi sho‘’ba boshlig‘i 1,4 mln so‘m evaziga soxta kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan, shundan 1,2 mln so‘mni tanishining plastik kartasiga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.
LiveBarchasi