Yangilangan WBC reytingida o‘zbek bokschilari nechanchi o‘rinni band etdi?
Sport
−
23 aprel
9033Butunjahon boks uyushmasining (WBC) yangilangan reytingi e’lon qilindi. Yangilangan reytingdan 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin oldi.
Reytingga ko‘ra, havaskor bokda Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov o‘tgan oydagi o‘rnini saqlab qolib, 12-o‘rinda qoldi. Shahram G‘iyosov va Olimjon Nazarov o‘tgan oydagi reytinglarini bir pog‘onaga yaxshilab, 11 va 31-o‘rinlarga joylashdi.
Yaqindagina profboksdagi navbatdagi g‘alabasiga erishgan Bektemir Meliqo‘ziyev va Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) kamarini qo‘lga kiritgan Hasanboy Do‘smatov jadvalda bir pog‘onaga pastlashdi.
Reyting:
- Superog‘ir vazn: Bahodir Jalolov o‘tgan 12-o‘rin;
- Supero‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev 14-o‘rin;
- Yarimo‘rta vazn (66,6 kg): Shahram G‘iyosov 11-o‘rin; Jahongir Rasulov 33-o‘rin;
- Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rin; Mirazizbek Mirzaxalilov 27-o‘rin;
- Yengil vazn (50,82 kg): Olimjon Nazarov 31-o‘rin;
- Birinchi o‘ta yengil vazn (47,6 kg): Hasanboy Do‘smatov 6-o‘rin.
LiveBarchasi