Yangilangan transfer narxlari: O‘zbekistonda Shomurodovga yetadigani yo‘q. Ronaldu 114-o‘rinda

Sport

image

Dunyoga mashhur Transfermarkt.de portali futbolchilarning yangilangan transfer narxlarini e’lon qildi. 

PSJ va Fransiya terma jamoasining hujumchisi Kilian Mbappe 160 million yevroga baholangan va birinchi o‘rinda qayd etilgan. Undan so‘ng “Borussiya Dortmund” to‘purari Erling Xolland bormoqda. Norvegiyalik futbolchining narxi 130 million yevro etib belgilangan. 3-o‘ringa Angliya terma jamoasi bilan birga Yevropa chempionatining finaliga qadar yetib kela olgan Xarri Keyn munosib ko‘rilgan. “Tottenxem” yulduzining o‘yini 120 million yevro “turadi”.

Keyingi o‘rinlarni Jeydon Sancho, Muhammad Saloh, Romelu Lukaku, Kevin De Bryuyne, Neymar, Frenki De Yong va Bruno Fernandesh egallagan.

So‘nggi 15 yillikning eng yaxshi futbolchilari — Lionel Messi 80 million yevro narxi bilan 21-pog‘onada joylashgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu 45 million yevro evaziga 114-o‘rinda turibdi. Ta’kidlash joiz, ularning narxi pastlashda davom etmoqda.

Ushbu yangilanishlar o‘zbek futbolchilarining narxlariga ham ta’sir o‘tkazgan. O‘zbekiston Superligasining eng qimmat futbolchilari reytingida bir yo‘la to‘rtta futbolchi birinchi o‘rinda bormoqda. Bular Sardor Sobirxo‘jayev, Yovan Jokich, Nurillo To‘xtasinov va Hojiakbar Alijonov. Ularning transfer narxi — 800 ming yevro.

Sardor Rashidov, Shohruz Norxonov, Aziz Turg‘unboyev, Temurxo‘ja Abduxoliqov va Farruh Sayfiyev va Yegor Krimets kuchli o‘nlikda qayd etilgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng qimmat futbolchisi Eldor Shomurodov hisoblanadi. Uning narxi o‘zgarishsiz qolgan — 7,5 million yevro. Otabek Shukurov 3, Jaloliddin Masharipov esa 2,8 million yevroga baholangan. Keyingi o‘rinlar Aziz G‘aniyev, Igor Sergeyev, Odil Ahmedov, Oston O‘runov, Odil Hamrobekov, Doston Hamdamov, Sardor Sobirxo‘jayev va Nurillo To‘xtasinov singari futbolchilar bilan to‘ldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Shukurov Lionel' Messi Kilian Mbappe Krishtianu Ronaldu Eldor Shomurodov Jaloliddin Masharipov Erling Xolland Transfermarkt.de

Baholaganlar

2290

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing