Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda? 

Sport

image

Butunjahon futbol uyushmasi (FIFA) noyabr oyi yakunlariga ko‘ra terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, o‘tgan oydagi kabi O‘zbekiston MTJ 84-pog‘onani saqlab qolgan. 

Srechko Katanets shogirdlari Osiyoda 11-raqamda qayd etilgan. “Oq bo‘rilar”dan yuqorida Eron (21-o‘rin), Yaponiya (26), Janubiy Koreya (33), Avstraliya (35), Saudiya Arabistoni (48), Qatar (51), BAA (69), Xitoy (74), Iroq (75) va Ummon (79) joylashgan.

Shuningdek, kuchli uchlikda hech qanday o‘zgarish kuzatilmagan. Belgiya terma jamoasi 1828 ochko bilan hamon peshqadamlik qilishda davom etmoqda. Braziliya ikkinchi, Fransiya uchinchi pog‘onada qayd etilgan. “Pentakampeonlar” hisobida 1826, “xo‘rozlar”da esa 1786 ochko mavjud.

Reytingning keyingi o‘rinlarida Angliya (1755), Argentina (1750) esa beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Italiya (1740), Ispaniya (1704), Portugaliya (1660), Daniya (1654) va Gollandiya (1653) termalari kuchli o‘nlikka yakun yasab bergan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MTJ Srechko Katanets qo‘l ostida 4 o‘yinda 3 mag‘lubiyat (Shvetsiya, Iordaniya, Gruziya) va bir g‘alaba (Malayziya) qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Braziliya O'zbekiston MTJ FIFA Belgiya

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing