Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston bir pog‘ona yuqoriladi
Sport
−
19 Sentabr
5145O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) yangilangan reytingida 61-o‘rindan 60-pog‘onaga ko‘tarildi.
O‘zbekiston terma jamoasi sentyabr oyida 2 ta o‘yin o‘tkazib, har ikki bahsda g‘alaba qozondi va Jahon chempionati saralashining 3-bosqichida mundialga chiqish imkoniyatlarini yaxshilab oldi.
Srechko Katanets shogirdlari Osiyo jamoalari orasida hamon 8-pog‘onada bormoqda. Qit’a vakillaridan eng yaxshi natija hamon Yaponiya terma jamoasiga tegishli bo‘lib turibdi. Kun chiqar yurt vakillari reytingda ikki pog‘ona yuqorilab, 16-o‘rinni egalladi. Jahon chempionati saralashida O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan Eron 19, Qatar 44, BAA 69, Qirg‘iziston 106 va KXDR 111-o‘rinda qayd etilgan.
Reytingda Argentina terma jamoasi yetakchilik qilmoqda. Kuchli uchlikka Fransiya va Ispaniya terma jamoalari kiritilgan.
LiveBarchasi