Yangi zilziladan jarohatlanganlar soni e’lon qilindi
Olam
−
21 fevral 2023
17068Kecha, 20 fevral kuni Turkiyaning Hatay viloyatida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 300 ga yaqin kishi jabrlandi, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Koja. Bu haqda “TRT Haber” yozmoqda.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, jami 294 kishi jabrlangan.
“Ulardan 18 nafari, afsuski, og‘ir ahvolda, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgach, havo va quruqlik orqali Adana va Do‘rtyo‘lga yetkazildi”, deydi Koja.
Ma’lum qilinishicha, yangi zilzilalar oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, 3 ta bino vayron bo‘lgan. Hozirda bu binolarda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Zilzila sodir bo‘lgan hududda elektr ta’minoti o‘chirilgan.
Eslatib utamiz, kecha, 20 fevral kuni Hatay viloyatining Dafna va Samandag‘ tumanlarida 6,4 va 5,8 magnitudali 3 daqiqalik interval bilan ikkita yer silkinishi sodir bo‘ldi.
LiveBarchasi