Vahshiylik! Juma namozi vaqtida musulmonlar o‘qqa tutildi

Olam

−

visibility49193 timer1 daqiqa

Reklama
0:00

Bugun, 15 mart kuni Yangi Zelandiyada mahalliy vaqt bilan 1:40 larda juma namozidan so‘ng ikki masjidda terror harakati amalga oshirildi. To‘rtta terrorchi tomonidan amalga oshirilgan deya taxmin etilayotgan bu xunrezlik, bir terrorchining boshi qismiga o‘rnatilgan kamera yordamida tasvirga tushirilgan va Facebook ijtimoiy tarmog‘ida jonli namoyish etilgan. Keyinchalik bu video boshqa tarmoqlarda ham tarqab ketgan.

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jakenda Ardern masjidga qilingan hujum haqida maxsus bayonot berar ekan, CCN telekanaliga bergan intervyusida bu hujumni butun insoniyatga qilingan terroristik zarba deya baholadi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilar faqatgina masjidlarga hujum uyushtirmagan. Ular ko‘chada va xiyobonda ham bir nechta odamlarni otib o‘ldirgan. Hozirgi paytda o‘ldirilganlar soni 40 tadan ortganligi aytilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, bir terrorchi politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Bu avstraliyalik 28 yoshli Brenton Tarrant ekanligi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Umar Murod

Baholaganlar

622

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing