Yangi Zelandiyada koronavirusga chalingan bemorlar qolmadi
Olam
−
08 iyun 2020
4085Yangi Zelandiya shifokorlari koronavirus bilan kasallangan oxirgi bemorni davolashdi. Bundan tashqari, mamlakatda ikki haftadan ko‘proq vaqt davomida yangi infeksiya holati aniqlanmadi. Bu haqda bugun, 8 iyun kuni milliy sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan dam olish kunlari Oklendda shifokorlar nazorati ostida bo‘lgan oxirgi bemor to‘liq sog‘aygan. Yangi Zelandiya bosh sanitariya shifokorining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalingan birorta ham bemor qolmagan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda ushbu kasallikka jami 1 504 kishi chalindi. 1482 bemor sog‘aydi, 22 kishi vafot etdi. Oxirgi infeksiya holati 22 mayda qayd etildi. Taxminan 295 ming kishi koronavirus uchun tekshirildi.
Epidemiologik vaziyat barqarorlashganidan so‘ng, Yangi Zelandiya hukumati cheklovlarning ko‘pini olib tashladi. Jamoat transporti ishlari to‘liq tiklandi, mamlakat bo‘ylab sayohatlarga ruxsat berildi. Barcha do‘konlar, ishlab chiqarishlar, muassasalar va bo‘limlar ochildi. Ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohalari ba’zi cheklovlar bilan ishlay boshladi. O‘rta maktablarda va universitetlarda darslar davom ettirildi.
LiveBarchasi