Yangi yilning ilk kunida O‘zbekistonda qancha chaqaloq tug‘ildi?

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga kelgani ochiqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha 2023 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, mamlakatda jami 1312 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. 
 
Ularning: 

•    687 nafari o‘g‘il;  

•    625 nafari qiz. 
 
Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (172 nafar) qayd etilgan. 

Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarni:  

•    Qashqadaryo viloyati (169 nafar); 

•    Namangan viloyati (137 nafar);

•    Surxondaryo  viloyati (133 nafar); 

•    Samarqand viloyati (121 nafar) band etdi.  
 
Eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo viloyati (35 nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi. 
 
E’tiborlisi, tug‘ilganlarning 7 nafari egizakdir.  
 
Ayni paytda shifokorlar go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. 
 
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, 227 ta tug‘uruq kompleksida ham tibbiyot xodimlari, akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing