Yangi yilni 30 kishidan ko‘p odam bilan nishonlashga ruxsat berildi

Jamiyat

image

Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatning biroz barqarorlashganligini inobatga olib, Yangi yil bayrami munosabati bilan 2020 yil 31 dekabr va 2021 yil 1 yanvar kunlari to‘yxona, mehmonxona, restoran hamda kafelarda 30 kishidan ko‘p bo‘lgan ko‘ngilochar tadbirlarni koronavirusga PZR test yoki ekspress-test tekshiruvi asosida tashkil etilishiga istisno tariqasida ruxsat berdi

30 kishidan ko‘p bo‘lgan ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etuvchi to‘yxona, mehmonxona, restoran va kafelarda:

  • shartnoma asosida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini jalb etgan holda epidemiologik tartiblarga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatilishi;
  • koronavirusga PZR test natijasi bo‘lmagan tashrif buyuruvchilar uchun xususiy laboratoriya yoki sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan shartnoma asosida joyida koronavirusga ekspress-test tekshiruvini yo‘lga qo‘yilishi talab etiladi.

Respublika masus komissiyasining ushbu qarori xalqimizning bayram tadbirlarini yuqori kayfiyatda nishonlashiga sharoit yaratib berishni ko‘zda tutadi. Fuqarolardan bayram kunlarida o‘zlari hamda yaqinlarining sog‘liqlariga befarq bo‘lmasdan, tibbiy niqoblardan to‘g‘ri foydalanib, qo‘yilgan talablarga qat’iy rioya etishlari so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing