Yangi yildan Ukrainani urushda qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro koalitsiya ish boshlaydi
Olam
−
25 dekabr 2023
108512024 yilning yanvaridan Parijda "Ukraina armiyasini kuchaytirish bo‘yicha artilleriya koalitsiyasi" ish boshlaydi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi saytida маълум qilindi.
Unga ko‘ra, yangi koalitsiyaning vazifasi Kiyevni ittifoqchi mamlakatlarning artilleriya tizimlari bilan ta’minlash bo‘ladi. Ayni paytda koalitsiyaga faqat Fransiya qo‘shilgan, biroq kelajakda Ukrainaning boshqa ittifoqdosh davlatlari ham unga qo‘shilishi kutilyapti. Koalitsiya tuzish to‘g‘risidagi kelishuv Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Ivan Gavrilyuk va Fransiya Senati delegatsiyasi o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida erishilgan.
Qayd etilishicha, bu orqali Ukraina Qurolli kuchlari Fransiyadan Caesar o‘ziyurar artilleriya tizimlarini oladi. Parij ularni 2022 yilning kuzidan beri Kiyevga yetkazib berib, Rossiyaning mamlakatga keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan keyin Ukrainani qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
"2024 yilda Caesar o‘ziyurar qurollarini sun’iy intellekt yordamida sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan. SIdan foydalanish nishonlarni urish muvaffaqiyatini 30 foizga oshiradi va o‘q-dorilardan foydalanishni kamaytiradi", degan Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari bu haqda gapirib.
Shuningdek, Islandiya Tashqi ishlar vaziri Byarni Benediktsson ham Reykyavik Kiyevni axborot texnologiyalari sohasida qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Ukrainaning ozod qilingan hududlarini minalardan tozalash uchun koalitsiyalarga qo‘shilishini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi