Yangi yildan ish haqi, pensiya va stipendiyalarni oshirish rejalashtirilmoqda

Jamiyat

image

2024 yilda byudjet xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdorini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024−2026 yillarga mo‘ljallangan byudjetnomasida ma’lum qilingan.

Davlat byudjeti loyihasiga ko‘ra, kelgusi yilda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmatlarning tariflarini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga 9,6 trillion so‘m ajratish ko‘zda tutilgan.

Hujjatda keltirilishicha, joriy yil oxirigacha shakllangan inflyatsiya miqdori yil davomida byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va pensiya miqdorlarining oshirilgan foizlaridan yuqori bo‘lgan taqdirda, kelgusi moliya yilining yanvar oyidan ish haqi va pensiyalarni ushbu foizlarga oshirish orqali kompensatsiya qilish tartibi joriy etiladi.

2024 yilda mazkur to‘lovlar bo‘yicha davlat byudjetining jami xarajatlari 20,5 foizga yoki 26,94 trillion so‘mga – 130,6 trillion so‘mdan 157,57 trillion so‘mgacha oshirilishi rejalashtirilgan (bu davlat byudjeti barcha xarajatlarining 50 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi). 

Byudjetnomaga ko‘ra, 2024 yilda xarajatlarning oshishi joriy yilda ish haqi va pensiyalarning oshishi hamda 2024 yilda kutilayotgan indeksatsiya, byudjet tashkilotlari xodimlari sonining o‘zgarishi va boshqa omillar bilan bog‘liq.

davlat byudjeti-2023, ish haqi, pensiya, стипендия

Ma’lumot uchun, 2023 yilda ish haqi va pensiyalarni oshirishga 3,8 trillion so‘m yo‘naltirish rejalashtirilgan edi, biroq ularni indeksatsiya qilish uchun qo‘shimcha 2,6 trillion so‘m (jami – 6,4 trillion so‘m) yo‘naltirildi.


Maqola muallifi

Teglar

byudjet ish haqi pensiyalar stipendiyalar byudjetnoma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing