Yangi yil tadbirlari sababli Toshkentdagi ayrim ko‘chalar yopiladi
Jamiyat
−
13 dekabr 1522 1 daqiqa
Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, shuningdek, bayram tadbirlari vaqtida aholi xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, quyidagi hududlarida transport vositalari uchun harakat cheklovlari o‘rnatiladi:
Joriy yilning 15 dekabridan 2026 yilning 15 yanvarigacha O‘zbekiston Milliy kutubxonasi old maydonida:
- Zarafshon ko‘chasining Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Istiqlol ko‘chasining Amir Temur shoh va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha.

Joriy yil 17 dekabrdan 2026 yil 5 yanvargacha Taras Shevchenko gastronomik-turizm ko‘chasida:
- Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha;
- Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha.

Haydovchilarga o‘z yo‘nalishlarini ushbu o‘zgarishlarni inobatga olgan holda rejalashtirish tavsiya etiladi.
Live
Barchasi