Yangi yil stolidagi qaysi yegulik inson organizmi uchun eng zararli? 

Foydali

image

Gastroenterolog, diyetolog, tibbiyot fanlari nomzodi Irina Berejnaya Yangi yil bayrami stolidagi qaysi an’anaviy yegulik inson organizmi uchun zararli ekani haqida ma’lumot berdi. 

“Umuman olganda, tarkibida mayonez ko‘p bo‘lgan barcha taomlar organizm uchun foydali emas. Bundan kelib chiqadiki, Yangi yil stolida har yili bo‘ladigan olive va uning miqdori inson organizmi uchun juda og‘ir va zararli hisoblanadi”, degan mutaxassis. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, tarkibida ko‘p mayonez, pishloq va yong‘oq bo‘lgan salatlarni inson organizmi hazm qilishi qiyin.

Berejnaya Yangi yil stolini ko‘katli salatlar, yog‘siz shirinliklar va turli mevalar bilan bezatishni maslahat bergan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yangi yil bayramida soat 00:00 dan keyin to‘yib ovqatlanmaslik kerak. Mayonezli va go‘shtli taomlarni esa 1 yanvar kuni ertalab dasturxonga tortish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

YaNGI YIL

Baholaganlar

420

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing