Yangi yil og‘ir keldi. Koronavirus yuqtirish va o‘lim rekordga chiqdi

Olam

image

2021 yilning birinchi haftasida dunyo bo‘ylab jami 4,5 million kishi koronavirusga chalingan. Bu 2020 yilning dekabr oyi so‘nggi 7 kuniga nisbatan 4 ming kishiga ko‘p deganidir. Bemorlar soni bo‘yicha yanvar boshidagi holat 2020 yilning iyur oyida ham qayd etilgan edi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yuqtirganlar sonining haftalik o‘sishi pandemiya boshlanganidan beri eng past daraja – 5 foizga kamaygan. 

Ayni vaqtda butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 88 millionni tashkil etmoqda. Ulardan 23 millioni, taxminan 26 foizi hamon bemorlar ro‘yxatida qolmoqda. Biroq, bu ma’lumotlar u qadar ishonchli emas. Chunki, ko‘plab davlatlar allaqachon rasmiy statistikani yashirishni boshlagan. Dekabr oyi oxiriga kelib, sog‘ayib ketganlarning ulushi 56 foiz bo‘lib qolmoqda. 

Dunyoning 18 ta mamlakatida koronavirusga chalinganlar 1 milliondan oshgan. Ularning yarmida bemorlar soni 2 milliondan oshgan. Kasallikning asosiy o‘choqlari esa AQSH va Yevropa mamlakatlari bo‘lib qolmoqda. Odatdagidan tezroq yuqtiriladigan britaniyalik shtamm esa 40 dan ortiq mamlakatga kirib borgani aytilmoqda. 

Amerika va Osiyo

Qo‘shma Shtatlarda kuniga 260 minggacha yuqtirish aniqlanadi. Bu mamlakatda epidemiyaning ikkinchi to‘lqini qayd etilgan aprel oyidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan sakkiz baravar va iyuldagidan uch baravar ko‘pdir. Yanvarning ilk haftasida kasallanganlar soni 8 foizga ortgan. Dekabrning so‘nggi 7 kunida ushbu ko‘rsatkich 6,8 foizni tashkil etgandi. 

Yuqtirilganlarning umumiy soni bo‘yicha Qo‘shma Shtatlardan keyin o‘rinda turadigan Hindiston kuniga 16,5 mingga yaqin holatni ro‘yxatdan o‘tkazmoqda – bu sentyabr oyining eng yuqori ko‘rsatkichlaridan deyarli besh baravar kam. 

Braziliyadagi vaziyat ham barqarorlashmoqda – ketma-ket uch hafta davomida u yerda kuniga o‘rtacha 36 ming holat qayd etilgan. 

Lotin Amerikasi davlatlari orasida eng qiyin ahvol Kolumbiyada bo‘lib, mamlakatda pandemiya boshlanganidan beri kasallik maksimal darajaga yetdi. Kuniga 17 mingga yaqin yangi holat aniqlanmoqda. Bir hafta davomida u yerda tasdiqlangan yuqtirish holatlari soni 5,7 foizga oshdi. Argentinada, aksincha, kunlik o‘sish oktyabr oxiridagi darajaga qaytdi – 13 ming. 

Osiyoda epidemiya jarayoni Indoneziyada o‘sib bormoqda – 6 yanvar kuni u mamlakatda 9 mingga yaqin yangi holat qayd etildi, bu pandemiya davrida mamlakat uchun eng yuqori ko‘rsatkich edi. Shu bilan birga, respublikada qat’iy cheklov choralari amal qilmoqda va mashhur kurortlar yopiq. Dekabrning birinchi yarmida har kuni 30 mingdan ortiq yuqtirgan odam aniqlangan Turkiyada bu kasallik deyarli uch baravarga kamaydi.

Yevropa

Yevropaning aksariyat mamlakatlarida, ta’til kunlaridagi qattiq cheklovlarga qaramay, kasallik darajasi tobora o‘sib bormoqda. 

Buyuk Britaniyada kuniga 62 mingdan ortiq yuqtirgan odam ro‘yxatga olinadi, qirollik bu ko‘rsatkich bo‘yicha AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. So‘nggi bir oyda qirollikda birdaniga 1 million yuqtirish holati aniqlandi. Shu bilan birga, mamlakatda hozirda 1,4 millionga yaqin odam xasta. Bu pandemiya boshlanganidan buyon yuqtirilganlarning yarmiga yaqini. 

Buyuk Britaniyadagi vaziyat koronavirusning yangi turini tarqalishi bilan murakkablashdi. Mutaxassislarning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi shtamm 50-70% ko‘proq yuqadigan bo‘lishi mumkin.  Hokimiyat Angliyada uchinchi karantinni e’lon qilishga majbur bo‘ldi. 

Germaniyada oktyabr oyining o‘rtalaridan beri aniqlangan holatlar soni kuniga 17 mingdan pastga tushmadi. Mutaxassislarning fikricha, so‘nggi kunlarda mamlakatda ta’til sabab testlar kamroq o‘tkazilgan va barcha holatlar qayd etilmagani sababli statistika buzilgan bo‘lishi mumkin. Buning fonida rasmiylar karantinni 31 yanvargacha uzaytirdilar. Bungacha deyarli barcha do‘konlar, kafe va restoranlar, ta’lim muassasalari yopiq bo‘ladi.  

Uydan faqat favqulodda ehtiyoj bilan chiqib ketish mumkin bo‘lgan Chexiya Respublikasida infeksiyaning tarqalishini to‘xtatishning iloji yo‘q. Noyabr oyi oxiri kasallanish pasayganidan so‘ng, , dekabr oyining boshlarida yana keskin ko‘tarilish kuzatildi. Hozirda Chexiyada aniqlangan holatlar soni kuniga o‘rtacha 17 mingdan oshmoqda.

Ispaniyada dekabr oyining boshiga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p holatlar qayd etilgan – kuniga 12 mingtagacha. Bir hafta ichida mamlakatda yuqtirganlar soni 4 foizga oshdi. 

Italiyada yangi yilning birinchi kunlarida kasallikning o‘sishi sababli haftalik o‘sish yanada yuqori bo‘ldi – 5,6 foiz.

O‘limning ko‘tarilishi

2021 yilning birinchi haftasida dunyoda koronavirus tufayli 77 ming o‘lim qayd etildi. Bu 2020 yilning so‘nggi eyetti kunidagi bilan bir xil. 
Koronavirusdan o‘lim asosan bir necha mamlakatlar hisobiga ortmoqda. Xususan, AQSHda kuniga 4 ming, Buyuk Britaniya va Germaniyada 1000 dan ortiq o‘lim qayd etilmoqda. Bu dekabr boshiga nisbatan ikki baravar ko‘p. 

Eng qiyin vaziyatlardan biri Meksikada rivojlanmoqda. Iyun oyidan beri birinchi marta mamlakatda kuniga 1000 ta o‘lim qayd etildi. Shu bilan birga, virusni yuqtirib olgan har o‘n birinchi odam vafot etmoqda. Bu sayyoradagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

272

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing