Yangi yil kuni ob-havo qanday bo‘ladi?
Jamiyat
−
29 dekabr 7901 4 daqiqa
O‘zgidromet 31 dekabrdan 3 yanvargacha kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 31 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 1-3 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 31 dekabr-2 yanvarda 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, 3 yanvarda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 31 dekabrda 0-5 daraja iliq, 1-2 yanvarda 3-8 daraja iliq, 3 yanvarda 2 daraja sovuq 3 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlaprida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 31 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 1-2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 dekabr kechasi 2-7 iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 1 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 2 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 3 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida kechasi 31 dekabr-2 yanvarda 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, 3 yanvarda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 31 dekabrda 0-5 daraja iliq, 1-2 yanvarda 3-8 daraja iliq, 3 yanvarda 2 daraja sovuq 3 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 31 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 1-2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 dekabrda kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq; 1 yanvarda kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 2 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 3 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29 dekabrda va 1 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30-31 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘i havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 31 dekabr va 3 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1-2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 dekabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 1 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 2 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 3 yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat 2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 dekabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 1 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 2 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 3 yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1 va 3 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 31 dekabr va 2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 dekabrda kechasi 2-7 daraja iliq. kunduzi 5-10 daraja iliq; 1 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 2 yanvarda kechasi 2° sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 3 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq; 1-2 yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 3 yanvarda kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq bo‘ladi.
Live
Barchasi