Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar 5 kun dam olishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha xodimlar ketma-ket 5 kun dam olishi mumkin. Bu haqda Prezidentning “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida keltirilgan.

Farmon loyihasiga ko‘ra, 2022 yilda 3 yanvar – dushanba, 4 yanvar – seshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilanishi kutilmoqda. Farmon qabul qilinsa, o‘zbekistonliklar Yangi yil bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun – 31 dekabrdan 4 yanvargacha dam oladi.

Xususan:

•  2021 yil 31 dekabr (juma) – 2021 yil 10 maydagi PF-6222-sonli Prezident farmoniga asosan qo‘shimcha dam olish kuni;

•  2022 yil 1 yanvar (shanba) – Mehnat kodeksi 131-moddasiga ko‘ra, ishlanmaydigan kun (Yangi yil bayrami);

•  2022 yil 2 yanvar — yakshanba dam olish kuni;

•  2022 yil 3 yanvar (dushanba) va 4 yanvar (seshanba) kunlari – qabul qilinishi kutilayotgan farmonga asosan qo‘shimcha dam olish kuni.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1036

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing