Yangi yil bayrami sabab Toshkentdagi qator ko‘chalar 15 yanvargacha yopiladi

Jamiyat

image

Toshkentning ba’zi markaziy ko‘chalari joriy yilning 20 dekabridan 2021 yilning 15 yanvarigacha avtotransport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Ko‘chalar kirib kelayotgan Yangi yil tantanalari munosabati bilan Toshkent shahri markazida bayram tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan yopiladi.

Quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi:

– Buyuk Turon ko‘chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

– Zarafshon ko‘chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

– Istiqlol ko‘chasining Buyuk Turon ko‘chasi va Amir Temur shoh ko‘chasi oralig‘idagi qismi;

– Mustaqillik shoh ko‘chasining Zarafshon ko‘chasi va Amir Temur xiyoboni oralig‘idagi qismi.


Maqola muallifi

Teglar

Yangi yil

Baholaganlar

385

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing