Yangi yil arafasida qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi joriy yilning 28-31 dekabr kunlari O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘istonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 28 dekabrda 14-19° sovuq, 29 dekabrda 12-17° sovuq, 30-31 dekabrda 10-15° sovuq, kunduzi 28 dekabrda 0-5° sovuq, 29-31 dekabrda 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 28 dekabrda 0-5° sovuq, 29-31 dekabrda 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 28 dekabrda 2-7° sovuq, 29-31 dekabrda 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 29-31 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 28 dekabrda 2-7° sovuq, 29-31 dekabrda 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 28 dekabrda 2-7° sovuq, 29-31 dekabrda 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 28 dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin, 29-31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 dekabrda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 29-31 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 28 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi, 29-31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 28-30 dekabrda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chyaishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 29-31 dekabrda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

561

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing