Yangi Toshkentdagi stadion qurilishi qiymati ma’lum bo‘ldi
Sport
−
17:07 1091 1 daqiqa
Yangi Toshkent hududida barpo etilayotgan zamonaviy futbol stadioni qurilishi qiymati 100 million dollarga baholanmoqda. Bu haqda “Kyrgyzfootball” nashri xabar berdi.
55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadion FIFA talablariga muvofiq barpo etilmoqda. Arena 2027 yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining O‘zbekistondagi asosiy maydoni bo‘ladi. Unda musobaqaning yarim final va final uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Olti qavatli majmua tarkibiga asosiy arenadan tashqari uchta mashg‘ulot maydoni, 10 dan ortiq eskalator va 5500 ta avtomobil uchun mo‘ljallangan avtoturargoh kiradi. Shuningdek, stadion yaqinida metro bekati qurilishi rejalashtirilgan. Futbolchilar, muxlislar va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun zamonaviy infratuzilma yaratiladi.
Stadion qurilishi 2025 yil noyabr oyida boshlangan. 2026 yil iyul oyidagi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish ishlarining 65 foizi bajarilgan.
Loyihaning rasmiy boshlanishi 2025 yil 11 noyabr kuni bo‘lib, o‘sha kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev stadion qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro tumanida 40 ming tomoshabinga mo‘ljallangan zamonaviy futbol stadioni qurilishi rejalashtirilyotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi