Yangi Toshkentdagi favvora “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kirdi

Jamiyat

image

Yangi Toshkentda bugun, 28 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabat bilan ochilayotgan favvora dunyodagi eng baland musiqali favvora sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”dan joy oldi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayram tantanalaridagi nutqida so‘z ochdi.

Prezident o‘z nutqida tantana ishtirokchilari huzurida ochiladigan favvora dunyodagi eng baland musiqali favvora sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”dan joy olgani bayram kayfiyatiga yanada baland ruh bag‘ishlashini qayd etgan.

“Bir necha yuz yillik orzular ro‘yobga chiqayotgan ushbu betakror makonda butun xalqimiz bilan hali yana ko‘plab quvonchli va tarixiy voqealarga guvoh bo‘lamiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentga ko‘ra, kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markazi bo‘ladigan ushbu hududda kuni kecha Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston milliy kutubxonasining muhtasham binolari ishga tushirilgan.

“Aminmanki,  Yangi Toshkent poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib,  biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonning kuch-qudratini namoyon etadigan chinakam taraqqiyot markaziga aylanadi”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing