Yangi Toshkentda Sankt-Peterburg kvartali quriladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida qurilayotgan Yangi Toshkent tumanida Sankt-Peterburg kvartali barpo etiladi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi tijorat vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkentning qurilayotgan Yangi Toshkent tumanida Sankt-Peterburg kvartalini qurish bo‘yicha memorandum imzolangan. Rejaga ko‘ra, kvartalning arxitektura loyihasini sankt-peterburglik mutaxassislar ishlab chiqadi.

Tumanning birinchi yashash va infratuzilma ob’ektlarini qurish ishlari joriy yilning aprel oyida boshlangan bo‘lib, asosiy ob’ektlarni qurishni 2045 yilda yakunlash rejalashtirilgan. Yangi Toshkent tumanining maydoni 20 ming gektarga teng bo‘lib, bu O‘zbekistonning zamonaviy yirik shaharsozlik loyihasining asosiy qismini tashkil etadi.

Kelajakda barcha davlat idoralari Yangi Toshkentga ko‘chirilishi kutilyapti. Loyihaning mualliflari buning orqasidan eski Toshkentdagi transport tirbandliklari sezilarli darajada kamayishiga yordam beradi, deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26-27 may kunlari bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston davlat rasmiylari uchrashuvida Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent ko‘chalaridan biriga Rossiya Federatsiyasining madaniy poytaxti bo‘lmish Sankt-Peterburg sharafiga nom berish qarori haqida gapirgandi.

Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov ham bu fikrga ijobiy munosabat bildirib, qaror Sankt-Peterburg uchun katta sharaf va do‘stona munosabatlar ramzi hisoblanishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Yangi Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing