Yangi Toshkent shahrigacha metro quriladi
Jamiyat
−
17 iyun
4966Toshkentda qurilayotgan Yangi Toshkent shahriga ham boradigan metro yo‘li barpo etiladi. Bu kecha, 16 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan Toshkent shahrida rejalashtirilgan qurilish va jamoat transporti loyihalari taqdimotida ko‘rsatilgan.
U hozirgi “Do‘stlik” metro bekatidan boshlanib, yangi markazgacha boradi. Uzunligi 21 kilometr, 9 ta bekatdan iborat bo‘lishi kutilayotgan bu metro kuniga 230 minggacha yo‘lovchilarni qamrab ololadi.
Ma’lumki, metropolitenni Toshkent traktor zavodi dahasigacha olib borish rejalashtirilgan. Buni 2 bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Birinchi bosqichda Chilonzor yo‘lining Pushkin bekatidan Toshkent halqa yo‘ligacha yer yuzasi bo‘ylab metro yo‘li quriladi. Ikkinchi bosqichda u yerdan Toshkent traktor zavodi dahasining shoh bekatigacha yerosti yo‘li barpo etiladi.
Shuningdek, transportlar harakatiga qulaylik yaratish maqsadida mazkur temiryo‘lni Toshkent halqa yo‘li ostidan o‘tkazish nazarda tutilmoqda. Yerosti yo‘nalishi ham ko‘chadagi harakatni to‘xtatmagan holda quriladi. Bu yangi metro yo‘li 85 ming yo‘lovchini qamrab olishi kutilmoqda.
Taqdimotda ushbu loyihalarning texnik-iqtisodiy jihatlari ko‘rib chiqildi. Davlat rahbari qurilish sifati va madaniyatini oshirish, odamlarga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
LiveBarchasi
Dollar kursi yana oshdi.
15 iyul
Moskva yana suv ostida qoldi.
15 iyul