“Yangi Toshkent”ni kimlar quradi?

Jamiyat

image_2022-10-27_20-56-05

“Yangi Toshkent”ning 2045 yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi turkiyalik hamda niderlandiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Bu haqda “ToshkentBoshPlanLITI” DUK Shaharzoslik va ilmiy loyihalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Saida’zam Sharipov QALAMPIR.UZ`ga  ma’lum qildi.

Uning aytishicha, O‘zbekiston poytaxtining bosh rejasini loyihalashtirish xorijiy mutaxasislar bilan hamkorlikda, xalqaro tajribani, xususan, Turkiya va Niderlandiya tajribasini o‘rgangan holda amalga oshirilmoqda.

Shuningdek,  yangi shaharning jamoat binolarini loyihalashtirishni xalqaro darajadagi me’morchilik tashkilotlariga topshirish rejalashtirilgan.

“Yangi Toshkentda quriladigan asosiy binolarni xalqaro nom qozongan, bizni hududimizni yaxshi tanigan arxitektura tashkilotlari va arxitektorlarga loyihalash uchun bermoqchimiz. Ular bilan yaqindan aloqa o‘rnatib, shu bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz. Hozircha Foster, MAD, OMA kabi arxitektura tashkilotlari bilan kelishuv jarayonidamiz”, deydi Sharipov.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, hukumat O‘zbekiston davlat san’at muzeyi binosining rekonstruksiya ishi, va qo‘shimcha yangi binosi qurilishini yaponiyalik arxitektor Tadao Andoga topshirgan edi. 

Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi “Yangi Toshkent” konsepsiyasi bilan mutanosib tayyorlangan. Bu yangi shahar poytaxtning sharqiy qismida, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida barpo etiladi. 500 ming aholiga mo‘ljallangan bo‘ladi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

586

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing