Yangi reytingda O‘zbekiston 4 pog‘ona yuqoriladi
Sport
−
04 aprel 2019
4923FIFA rasmiy sayti terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘tgan oyga ko‘ra 4 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishga erishib, 85 o‘rinda qayd etildi. Xabaringiz bor, aprel oyida Ektor Kuper murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Urugvay va Xitoy terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda ishtirok etgan edi.
FIFAning ushbu oydagi reytingida eng katta o‘sish Isroil terma jamoasiga to‘g‘ri keldi. Isroilliklar 8 pog‘ona yuqorilab, 84-o‘ringa chiqib oldi. Eng ko‘p o‘rin yo‘qotgan jamoa Avstriya bo‘ldi. Ular 11 pog‘ona pastlab, 34-o‘ringa tushib ketishdi.
Mart oyida 2ta uchrashuv o‘tkazgan O‘zbekiston terma jamoasi yangilangan reytingda 4 pog‘ona yuqorilab, 85-o‘ringa chiqib oldi.
LiveBarchasi