Yangi platforma: Tramp so‘zining ustidan chiqdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp o‘z obunachilari bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi aloqa platformasini namoyish qildi. Bu haqda "Fox News" xabar bergan. 

Platforma "Donald J. Trump for President" deb nomlangan. 

Siyosatchi unda xabarlar yozishi, shuningdek, fotosuratlar va videolar joylashi mumkin bo‘ladi. 

Platformaga yaqin manbaning so‘zlariga ko‘ra, "bu shunchaki bir tomonlama aloqa". 

Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxirida Donald Tramp "shaxsiy platformasi" bilan ijtimoiy tarmoqlarga qaytishi haqida xabar berilgandi.  

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari Amerika Kongressi binosiga bostirib kirgandan so‘ng, bir qator ijtimoiy tarmoqlar uning akkauntlarini bloklab qo‘ydi. 

Trampning asosiy foydalanadigan platformasi bo‘lgan Twitter esa uning sahifasini butun umrga blokladi. 

Ijtimoiy tarmoqda ushbu qaror siyosatchi zo‘ravonlik to‘lqinini qo‘zg‘atishi mumkinligi bilan izohlandi. 

Trampning o‘zi esa Twitter zerikarli bo‘lib qolganini va boshqa unga qaytishni istamasligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

362

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing