Yangi Mudofaa vaziri sport federatsiyasiga rais bo‘ldi
Sport
−
17:29
3436Mudofaa vaziri, general-mayor Shuhrat Xolmuhammedov O‘q otish sporti federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda hukumat portalida xabar berildi.
Ma’lumot uchun, 2021 yil 23 martda Prezident farmoni bilan Shuhrat Xolmuhammedovga general-mayor harbiy unvoni berilgandi. U Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ham ishlagan.
Xolmuhammedov Mudofaa vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari, Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari kabi lavozimlarda ham faoliyat yuritgan. 2016 yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, Shuhrat Xolmuhammedov joriy yilning noyabr oyida Mudofaa vaziri etib tayinlangan edi.
LiveBarchasi