Yangi koronavirus Qozog‘istonga kirib keldi...mi?

Olam

Ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shni Qozog‘istonning Olma-ota shahrida Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida paydo bo‘lgan yangi 2019 nCoV  virusi bilan kasallangan bemor aniqlangani haqida xabar va video tarqaldi.

Tabiiyki video odamlar orasida vahima keltirib chiqardi. Qozog‘iston OAVning rasmiy davlat idoralariga tayanib, ma’lum qilishicha, hech qanday koronavirus aniqlanmagan. Shunchakki qo‘shni mamlakatda virusli epidemiya avj olgani uchun o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilgan.

O‘quv mashg‘uloti vaqtida shifokorlar aeroportda “koronavirus yuqtirgan bemor”ni kutib olishgan. Mashg‘ulot davomida shartli bemorni izolyatsiya qilib, uni maxsus qutiga joylashtirishgan, boshqa joyga o‘tkazish uchun choralar ko‘rib, tekshiruv uchun olib ketishgan.

Bundan tashqari, maxsus aralashma bilan avtomobil, samolyot va boshqa narsalarni obrabotka qilish bo‘yicha ham mashg‘ulot o‘tkazilgan.

Xitoyda yangi virus avj olayotgani haqida mamlakat hukumati 2019 yilning 31 dekabr kuni ma’lum qilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi virus bilan 1287 kishi kasallangan, 41 odam halok bo‘lgan. 2019 nCoV virusi bilan kasallangan bemorlar Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSH, Vetnam, Singapur, Tailandda aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy virus

Baholaganlar

440

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing