Yangi Kia: Sonet, Sportage va K5 uchun maxsus takliflar
Biznes
−
02 sentabr 1288 2 daqiqa
Kia brendi yangi avtomobil xarid qilishni osonlashtirmoqda: bir vaqtning o‘zida uch turdagi model uchun boshlang‘ich to‘lovi 25 foizdan dan boshlanadigan va yillik stavkasi 0 foiz bo‘lgan muddatli to‘lov asosida yangi moliyaviy dasturlar mavjud. Xaridorlar boshlang‘ich to‘lov miqdori va to‘lovlar uchun qulay muddatni hisobga olgan holda o‘ziga mos variantni tanlashlari mumkin. Mavjud avtomobilning qiymatini Kia Trade-in dasturi bo‘yicha boshlang‘ich to‘lov hisobiga ham yo‘naltirish mumkin.
Ommaviy ixcham Kia Sonet krossoveri uchun quyidagi yangi jozibador takliflar amal qiladi:
- boshlang‘ich to‘lovi 25 foiz, muddatli to‘lov davri 24 oy, yillik foiz stavkasi 0 foiz va oylik to‘lovi 6 246 875 so‘mdan boshlanadi (Kia Sonet Classic);
- boshlang‘ich to‘lovi 30 foiz, muddatli to‘lov davri 36 oy, yillik foiz stavkasi 0 foiz va oylik to‘lovi 3 886 944 so‘mdan boshlanadi (Kia Sonet Classic).
O‘zingizga qulay shartlar asosida harakatlaning
Yangi avtomobil tanlovi – bu oldinga harakat: ko‘proq qulaylik, yangi yo‘nalishlar va imkoniyatlar tomon. Kia brendi xaridor eng maqbul ssenariyni tanlashi uchun bir nechta xarid variantlarini taklif etadi: boshlang‘ich to‘lovni kamaytirish yoki to‘lovlarni qulayroq muddatga taqsimlash.
Yangi moliyaviy shartlar Kia’ning boshqa ommabop modellari uchun ham mavjud.
Kia Sportage:*
- boshlang‘ich to‘lov – 40 foiz;
- muddatli to‘lov – 36 oy;
- yillik stavka – 0 foiz.
Barcha mavjud komplektatsiyalariga tegishli.
Kia K5:*
- boshlang‘ich to‘lov – 40 foiz;
- muddatli to‘lov – 36 oy;
- yillik stavka – 0 foiz.
*Taklif Kia K5’ning 2026 yilda ishlab chiqarilgan Comfort va Comfort+ komplektatsiyalariga, shuningdek, 2025 yilda ishlab chiqarilgan mavjud bo‘lgan barcha Kia K5 avtomobillariga tegishli.
Avtosug‘urtani rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi. Sug‘urta shartlari bank tomonidan belgilanadi.
Kia Trade-in – xaridni yanada osonlashtirishning yana bir usuli
Yangi Kia uchun boshlang‘ich to‘lov sifatida mavjud avtomobillaringizning baholangan qiymatidan Kia Trade-in dasturi asosida foydalanishingiz mumkin.
Bu mavjud avtomobilni sotish va yangisini xarid qilish jarayonlarini birlashtirish hamda boshlang‘ich to‘lov uchun zarur bo‘lgan shaxsiy mablag‘ miqdorini qisqartirish imkonini beradi.
Dasturlarning batafsil shartlari bilan tanishish, mos xarid variantini tanlab olish, hisob-kitob bo‘yicha alohida ma’lumotga ega bo‘lish, Kia Trade-in orqali avtomobilni baholash va test-drayvga yozilishni O‘zbekistondagi Kia rasmiy dilerlik markazlarida amalga oshirishingiz mumkin.
Telefon: (+998) 55-500-83-33
Veb-sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi