Yangi ish haftasida ob-havo qanday bo‘ladi?
Bu qiziq
−
14 avgust 2022
25400Gidrometeorologiya xizmati markazi joriy yilning 15-18 avgust kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-16 avgust kuni kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 17 avgust kuni kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja, 18 avgust kuni kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-16 avgustda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja, 17 avgustda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 18 avgustda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-16 avgustda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 17-18 avgustda kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 15 avgustda 34-39 daraja, 16-17 avgustda 35-40 daraja, 18 avgustda 33-38 daraja bo‘ladi
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 15-16 avgustda 34-39 daraja, 17 avgustda 32-37 daraja, 18 avgustda 30-35 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 15-16 avgustda 27-32 daraja, 17-18 avgustda 22-27 daraja bo‘ladi.