Yangi hokim Toshkentda mini-poliklinika tashkil etish uchun 900 mln so‘m ajratishni buyurdi

Jamiyat

image

Hozirda Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov Zangiota-1 va Zangiota-2 shifoxonalari hududida avval o‘rnatilgan 40 ta konteynerni qayta jihozlash uchun 900 million so‘m ajratish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qarorga ko‘ra, ushbu mablag‘ Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablag‘lari zaxirasidan ajratilib, konteynerlarni ta’mirlash va kommunikatsiyalarni (issiqlik, suv ta’minoti, kanalizatsiya va elektr ta’minoti) yotqizish uchun sarflanadi.

Qaror loyihasi bo‘yicha shaharning Shayxontohur va Olmazor tumanlarida 7 va 6 tadan, Mirzo Ulug‘bek tumanida 4 tadan, boshqa tumanlarda esa 2-3 tadan poliklinika tashkil etiladi. Yil oxirigacha Toshkent shahrining barcha tumanlarida jami 170 ta mini poliklinika tashkil etiladi. Mazkur jarayonni 2023 yilning so‘nggigacha amalga oshirish belgilangan.

Shuningdek, mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Durdona Rahimovaga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning noyabr oyida Toshkentning aholi gavjum hududlarida 170 ta  mini-poliklinika ish boshlashi aytilgan edi. Ushbu loyiha Sog‘liqni saqlash vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing