Yangi hokim Toshkent Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisini ishdan oldi
Jamiyat
−
28 yanvar 2023
16538Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi Anvar Xusnutdinovich Umarov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchisi Baxtiyor Rahmonov qaror imzoladi.
Qarorda yozilishicha, Anvar Umarov Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi lavozimidan ketishga o‘zi xohish bildirgan.
Ma’lumot uchun, Anvar Umarov 2021 yil noyabr oyida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, sobiq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning yordamchisi Muzaffar Abdurahmonov ham lavozimidan ketgandi.
Avvalroq, joriy yilning 16 yanvar kuni Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev sobiq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni ishdan olganini e’lon qilgandi. Uning ma’lum qilishicha, Ortiqxo‘jayev ogohlantirishlarga qaramay qishga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagan.
Ortiqxo‘jayev o‘rniga uning birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
LiveBarchasi