Yangi haftada O‘zbekistonning ayrim hududlarida -20 darajagacha sovuq bo‘lishi aytildi  

Jamiyat

image

11-12 dekabr kunlari respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli qor yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Bu hafta chorshanbadan jumagacha O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

11-13 dekabr kunlari sovuq kuchayadi va havo harorati kechalari -8/-13 daraja, kunduzi -3/-8 daraja sovuq bo‘ladi, shimolda kechalari -15/-20 darajagacha sovuq, kunduz kunlari esa -7/-12 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Respublika janubida harorat keskin tushmaydi, kechalari faqat -2/-7 daraja sovuq bo‘lishi mumkin.

11-13 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.

14-15 dekabrda O‘zbekiston hududidan sovuq havo massasi chekina boshlaydi. Ish haftasining oxirida havo harorati kechasi 0/-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, shimolda kechasi -7/-12 daraja, kunduzi 0/-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Ayrim joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtda: 11-12 dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi, 13-15 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. 11-12 dekabrda shamol tezligi vaqti-vaqti bilan 12-15 m/s gacha kuchayadi. 12-15 dekabrda yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.

Harorat 11 dekabrda 3-5 daraja iliq, 12 dekabrda kechasi va kunduzi -5/-7 daraja sovuq, 13 dekabrda kechasi -11/-13 daraja sovuq, kunduzi -5/-7 daraja sovuq bo‘lishi kutilyapti. 14-15 dekabrda harorat kechasi -2/-5 daraja sovuq, kunduzi 2-5 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston O'zgidromet sovuq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing