Yangi hafta boshida O‘zbekistonning qaysi hududlarida qor yog‘ishi aytildi
Bu qiziq
−
13 yanvar
40409O‘zgidromet yangi hafta boshida, 14-16 yanvar kunlari O‘zbekiston hududida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 15-16 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 yanvarda kechasi va kunduzi 5-10 daraja sovuq, 15 yanvarda kechasi 9-14 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq, 16 yanvarda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 16 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 15 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 16 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 14 yanvarda kechasi va kunduzi 5-10 daraja sovuq, 15 yanvarda kechasi 9-14 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq, 16 yanvarda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 16 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 15 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 16 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 yanvarda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 15 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 16 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 16 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq, 15 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 16 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Bundan tashqari, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 15 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq, 16 yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq -2 daraja iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi