“Yandeks” yil so‘zlarini aniqladi
Bu qiziq
−
19 dekabr 2020 7424 1 daqiqa
"Yandeks" bu yil foydalanuvchilar eng ko‘p qidirgan mashhur so‘zlarni aniqladi. Ular "karantin", "ruxsatnoma" va "konstitutsiya" so‘zlari bo‘ldi.
Aniqlik kiritilishicha, joriy yilda ushbu so‘zlardan foydalanish chastotasi uch martadan oshgan.
Tahlilchilar, shuningdek, so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy so‘zlarni ham aniqlagan.
Demak, 2011 yilda "planshet", "kupon" va "defolt", 2012 yilda "multivarka", "memlar" va "ultrabuk", 2013 yilda "meteorit", "pleykast", va "promo kod" yetakchi so‘zlar bo‘lgan.
2014 yilda foydalanuvchilar ko‘pincha "maydan", "goji" va "sanksiyalar" so‘zlarini so‘rashgan. 2015 yilda "tverk" (raqs turi), "kek" (kulguni anglatadi) va "sliponlar" (oyoq kiyim turi), 2016 yilda "giroskuter", "petitsiya" va "veyp" so‘zlari qidirilgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr