Yana yong‘in: Toshkentda ichida parfyumeriya vositalari bo‘lgan yuk mashinasi yonib ketdi (video) 

3-sahifa

image

Bugun, 14 iyun kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida parfyumeriya mahsulotlari yuklangan yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, voqea bugun soat 20:32 da Sergeli tumani “So‘g‘diyona” MFY Obihayot ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yuk avtomobillari turargohida turgan, ichida parfyumeriya mahsulotlari bo‘lgan yuk mashinasida yong‘in kelib chiqqan va bundan yaqin atrofdagi boshqa yuk avtomobillari ham zarar ko‘rgan. 

Yong‘inni o‘chirish uchun 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:39 da voqea joyiga yetib kelgan. Yong‘in soat 20:44 da qurshab olingan va soat 20:21 da o‘chirilgan.  

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi ma’lum qilingan. Hozirda yong‘in sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, bugunning o‘zida Jizzaxdgi 7 qavatli turar joy binosida yong‘in chiqqani, Sirdaryoda avtobekatga o‘t ketgani hamda Toshkentdagi mis sexida portlash yuz bergani haqida xabar berilgandi. 12 iyun kuni esa Qo‘qondagi eng yirik bozor yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in yuk mashinasi parfyumeriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing