Yana uch viloyatda 4 sudya lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
19 fevral 2022
9580Toshkent, Andijon va Buxoro viloyatlarida 4 nafar sudyaning vakolatlari muddatidan avval tugatildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
• Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudining raisi O‘ktam Xoliqov;
• Toshkent viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi Xilola Begaliyeva;
• Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tuman sudining raisi Isoqboy Ergashev;
• Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi Ma’ruf Saidov o‘z arizalariga ko‘ra, lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyining birinchi dekadasida Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining raisi R.Turginov va Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudining raisi M.Sheryigitov yozma arizalariga binoan, Buxoro viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi Sh.Ne’matov esa sudyalik qasamyodini buzgani uchun lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgandi.
LiveBarchasi