Yana texnik nosozlik. Metroda poyezd to‘xtab qoldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosida poyezd to‘xtab qolgani haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan "Toshkent metropoliteni" matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Bugun, 13 noyabr kuni soat taxminan 09:15 lar atrofida O‘zbekiston yo‘nalishining Alisher Navoiy bekatidan harakatlanishni boshlagan 40-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan va buning oqibatida ushbu harakat tarkibi tunnelning kirish qismida 15 daqiqa vaqt davomida to‘xtatilgan. 

“Yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik va yo‘nalishda belgilangan harakat jadvali buzilmasligini oldini olish maqsadida, ortidagi 39-sonli harakat tarkibi orqali tirkamaga olinib, harakat tarkibi tekshiruv yo‘lagiga olib borilgan”, deyiladi xabarda.

Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 sentyabr kuni Yunusobod liniyasida harakatlanuvchi poyezdlardan biri Abdulla Qodiriy bekatiga kelganda to‘xtab qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

nosozlik Metro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing