Yana Qashqadaryo: erkak to‘pponchadan tanishining ko‘ziga o‘q uzdi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda erkak tanishining ko‘ziga pnevmatik to‘pponchada o‘q uzib, og‘ir tan jarohati yetkazdi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10 avgust kuni soat 14:00 da, Qarshi tumani “Bunyodkor” MFYda yashovchi I.B. tanishi “Alisher Navoiy” MFYda yashovchi V.F. bilan Nishon tumani Nuriston shaharchasidagi ko‘lga cho‘milish maqsadida borgan.

Tasodifan ikki o‘rtoq tortishib qolib, I.B. yonidagi pnevmatik to‘pponchasi bilan suvga tushgan V.F.ning o‘ng ko‘z sohasiga bir marotaba o‘q otib, qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng, V.F. Qashqadaryo viloyati Ko‘z kasalliklari shifoxonasiga o‘z ehtiyotsizligi oqibatida jarohat olganini ma’lum qilib, tibbiy yordam olgan, ammo IIBga murojaat qilmagan.

Viloyat Ko‘z kasalliklari shifoxonasi yo‘llanmasi bilan Toshkent shahriga borgan V.F.ni Respublika Ko‘z kasalliklari klinikasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifoxona ma’muriyati holat yuzasidan ichki ishlar organlariga xabar bergan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Qarshi tumani IIBda qayd etilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etish kerakki, so‘nggi vaqtlarda Qashqadaryo viloyati jamoatchilik diqqat markazida bo‘lib turibdi. Bunga dastlab viloyatda MMA jangchisi Elbek Rahimov bir guruh odamlar tomonidan vahshiylarcha o‘ldirilgani, keyinroq, Qarshidagi qamoqxonada 19 yoshli yigit “lezviye” bilan qorni va qo‘llarini 3-4 marotaba tilib, o‘z joniga qasd qilishga uringani sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

911

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing