Yana go‘dak qotilligi: Turkiyada 6 yoshli qizning jasadi qabristondan topildi
Olam
−
04 noyabr
7344Turkiyaning Istanbul viloyati Shishli tumanida g‘oyib bo‘lgan 6 yoshli qizning jasadi Feriko‘y qabristonidan topildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Shishli tumanida yashagan va joriy yilning 31 oktyabr kuni izsiz g‘oyib bo‘lgan Shirin Elmas Hanilchini qidiruv-qutqaruv ishlari oila a’zolarining murojaatidan so‘ng boshlangan. Ma’lum bo‘lishicha, uning jasadi 2 kun o‘tib, Feriko‘y qabristonidan topilgan. Olingan baxtsiz xabardan so‘ng politsiya guruhlari qabriston va uning atrofida tintuv o‘tkazgan. Kamera tasvirlariga ko‘ra, qizchani oxirgi marta qabristonga qog‘oz yig‘ish bilan shug‘ullanadigan O‘rxun ismli shaxs olib kirgan va uning bir o‘zi qaytib chiqib ketgan.
Politsiyaning qabriston atrofidagi tekshiruvlari davom etar ekan, 1 kishi gumondor sifatida qo‘lga olingan. Hibsga olingan gumondor Shirinni bo‘g‘ib o‘ldirganini tan olgan.
“Sabah” gazetasiga ko‘ra, gumonlanuvchi birinchi bayonotida voqeaga aloqasi yo‘qligini aytgan bo‘lsa-da, kamera tasvirlari paydo bo‘lgach, u qotillikni tan olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Shirinni bo‘g‘ib o‘ldirgandan keyin uni qabristondagi chuqurga tashlab yuborgan.
“Yonimga keldi. U pul so‘radi. Men bermayman dedim. Meni tinch qo‘ymadi. Pul so‘rashda davom etdi. Meni bezovta qildi. Shunday qilib o‘sha yerda – qabristonda bo‘g‘ib o‘ldirdim, keyin jasadni butalar bilan berkitib, yashirishga harakat qildim”, degan gumonlanuvchi.
Qizaloqning jonsiz jasadi ko‘rib chiqish uchun Yenibosna Sud tibbiyot instituti o‘likxonasiga olib ketilgan. Xabarga ko‘ra, erkak qizchani zo‘rlagan bo‘lishi ham mumkin.
O‘rxun politsiyaga bergan bayonotida voqeani Feriko‘y qabristonida qilganini tan olgach, gumonlanuvchi sud binosiga yuborilgan. Ma’lum bo‘lishicha, O‘rxun avval ham jinoiy ish sodir etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Diyorbakir viloyati Tavshantepa qishlog‘ida yashovchi Narin Guran Qur’on kursiga borishini aytib, uydan chiqib ketgan va shu bilan ortga qaytmagani xabar qilingandi. Narin Guranning jonsiz jasadi g‘oyib bo‘lganidan 19 kun o‘tib qishloqdan 3 km uzoqlikdagi Iftutmaz ko‘chasida qop ichidan topilgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi