Yana bir jurnalist terakt qurboniga aylandi

Olam

image

Qobulda taniqli televizion jurnalist ayol Mena Mangal o‘ldirildi. Ma’lum qilinishicha, hujum ertalabki yetti yarimlarga yaqin Qobul bozori yaqinida Mangal taksi kelishini kutayotgan bir vaqtda yuz berdi.

Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, unga qarata ikki nafar mototsiklchi o‘t ochgan. Guvohlardan birining aytishicha, hujum qilganlardan biri odamlarni tarqatish maqsadida havoga qarata o‘q uzgan, so‘ng ikki marta jurnalistning ko‘krak qafasiga qarata o‘q otgan. Har ikki erkak hodisa joyidan qochib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Mena Mangal o‘n yildan ortiq vaqt davomida Afg‘onistondagi xususiy Ariana TV, Lamar va Shamshad TV telekanallarida turli dasturlarni olib borgan. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida afg‘on ayollarining huquqlari, jumladan ularning ishlash va ta’lim olish huquqlari muhokama qilingan. U shuningdek, Afg‘oniston parlamentida madaniyat bo‘yicha maslahatchi lavozimida ishlardi.

Yaqinda Mangal o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida 2017 yilda xohishiga qarshi ravishda turmushga berishganini yozgan edi. May oyi boshlarida u eri bilan ajrashishga muvaffaq bo‘ldi. So‘nggi vaqtlarda jurnalist ayol noma’lum kimsalar o‘ldirish tahdidi bilan xabarlar yuborayotganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

393

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing