Yana bir o‘zbekistonlik jangari qidiruvga berildi

3-sahifa

image

"Tavhid va Jihod katibasi" terroristik tashkiloti tarkibiga qo‘shilib, jangovar harakatlarda qatnashayotgan yana bir O‘zbekiston fuqarosi qidirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, Sardor Azimov 1998 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, Rossiyaga ishlash uchun ketgan. Moskvada u  ijtimoiy tarmoq orqali  turli shaxslar bilan tanishgan va ularning ta’siriga tushib qolgan. Shu yo‘l bilan Azimov Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilgan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda Sardor Azimovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244 prim 2-1 moddalari (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, unga nisbatan rasman qidiruv e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa-da, tinch hayotidan voz kechib, Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan Alisher Tojiboyev xalqaro qidiruvga berilgandi. 

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent qidiruv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing