Yana bir o‘zbekistonlik sportchi 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi

Sport

image

O‘zbekistonlik sportchi Danil Yakovlevdan (sport turi – suv polosi) 2021 yil oktyabr oyida musobaqadan tashqari davrda olingan doping-sinamasida taqiqlangan “MELDONIUM” moddasi aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi Axloq komissiyasi ma’lum qildi

Shu tariqa Yakovlev Butunjahon antidoping kodeksining 2.1-moddasida ko‘zda tutilgan antidoping qoidabuzarligi uchun 2021 yil 9 dekabrdan boshlab, 2024 yil 8 dekabrga qadar 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi.

Avvalroq O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi (O‘zMADA) 2021 yilda qancha o‘zbekistonlik sportchida doping aniqlanganini ma’lum qilgan edi

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing